Bu haqda bo`lib o`tayotgan Senatning o`n uchinchi yalpi majlisida Ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov ma`lum qildi.
— Afsuski, ichki ishlar organlari xodimlari orasida o`z ishiga mas`uliyatsizlik bilan qarayotgan, hattoki jinoyatga qo`l urganlari ham yo`q emas. Shu bois ularni o`qitish kasbga tayyorlash bo`yicha yaxshi mexanzmlar bo`yicha ishlayapmiz.
Ilgari tizimga ko`chadan, etarli malaka va tayyorgarlikka ega bo`lmagan xodimlar ham ishga olinar edi. Hozirgi kunda esa bu amaliyotga chek qo`yilgan. Ularning o`rniga hududlardagi 14ta liseylarimiz hamda Temurbeklar maktabini tugatayotgan yigit-qizlarni ishga qabul qilyapmiz. Chunki ular uch yil forma kiygan, etarli bilim va tajribalarga ega xodim bo`lib etishib chiqmoqdalar.
️2020 yilda ichki ishlar xodimlari tomonidan 134ta jinoyat sodir etilgan, uning 27ta holati o`lim bilan bog`liq. Qolgan 107ta holatda mansab vakolatidan chetga chiqish, dalillarni soxtalashtirish, poraxo`rlik, firibgarlik kabi holatlar aniqlandi. Ularga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo`lgan jazolar berilyapti.