Majburiy ijro byurosi Qibray tuman bo`limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “VOSTOK ENERGIYA” MChJdan undiruvchi “Turkiston bank” XATB foydasiga jami 4 640 000 000 sum kredit qarz undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati bo`yicha O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunnin 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.
Bundan tashqari, bo`lim davlat ijrochisi tomonidan, Qonunning 21,86-moddalariga asosan qarzdor “VOSTOK ENERGIYA” MChJning hisob raqamlariga band solingan va inkasso topshiriknomasi xizmat ko`rsatuvchi bankga ijro qilishlik uchun yuborilgan.
Shu bilan birga, qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida, tegishli organlarga Qonunning 21-moddasiga asosan so`rov xatlari yuborilgan.