AsosiySUG'DIYONA

Mashhurlarning eng kutilayotgan to`ylari 4 taligi

Bahor fasli yaqinlashmoqda. Bahorni bejizga sevgi va go`zallik fasli deyishmaydi. Quyida sanab o`tilayotgan juftliklarning to`ylari ham yaqin kunlarda bo`lishi kutilmoqda. 

Ledi Gaga va Teylor Kinni
34 yoshli Kinni sevgilisi Ledi Gaganing qo`lini so`raganiga ham bir yil bo`ldi. O`shanda Kinni sevgilisiga yarim million dollarlik yurak shaklidagi brilliant uzuk sovg`a qilgan edi. Ledi Gaga bu taklifdan hayratga tushgan va to`yga rozilik bildirgan edi. Shundan boshlab, “monstrlar qirolichasi”ning to`yi ham uning uslubi kabi o`ziga xos bo`lishini bashorat qilmoqda. Ammo, hammasi boshqacha bo`lib chiqdi. Ularning to`yi faqat yaqin qarindoshlar ishtirokida Malibudagi qasrda yoki Kennining orzusidagidek Marokashda bo`lishi mumkin. Taklif qilingan mashhurlar orasida taniqli dizayner Donatella Versache, Kelli Osborn va Toni Bennet bo`lishi kutilmoqda. To`yning sanasi esa hozircha noma`lum. Xonanda o`zining tig`iz kun tartibida to`y sanasini belgilashga vaqt ajratolmayapti.

Merayya Keri va Jeyms Peker
45 yoshli Merayya Keri haqiqiy ayollik baxtini tadbirkor Jeyms Peker bilangina his etdi. Keri va Peker bir yarim yil avval tanishgan.  Qisqa vaqt ichida ularning unashtiruvi haqidagi gap-so`zlar tarqaldi. Xonandaning yaqin do`stlarining ta`kidlashicha, Merayya va Jeyms shu qadar bir-birlarini sevishadiki, bu hatto ularning yonida besh daqiqa bo`lganlarga ham seziladi. Milliarder sevgisi ramzi sifatida yil boshida 35 karatli brilliant uzuk sovg`a qildi. Buning natijasi o`laroq u Merayyadan “ha” degan javobni eshitdi. Aytishlaricha, sevishganlar imkon qadar tezroq o`z munosabatlarini nikoh rishtasi bilan bog`lashni niyat qilgan.

Rozi Xantington-Uaytli va Jeyson Stetxem
Bu yilda Britaniyaning eng taniqli yulduzli juftligi ROZI XANTINGTON-UAYTLI va JEYSON STETXEM ham turmush qurishni rejalashtirmoqda. Bu ikki sevishgan oltii yil avval tanishgan bo`lsa ham, Jeyson qizning qo`lini so`raganiga bir oy bo`ldi. “Oltin globus” taqdirlash marosimida Jeysonning bo`lajak rafiqasining nomsiz barmog`ida uzuk tezda ko`zga tashlandi. Bundan sal o`tib, baxtiyor juftlik o`zlarining unashtirilgani haqidagi ma`lumotlarni tasdiqladi.  Ammo ular to`y kunini ommadan sir tutmoqda.

Eva Longoriya va Xose Antonio Baston
Aktrisa Eva Longoriya uchinchi marta turmush qurishni niyat qildi. Bu safar uning tanlagani yirik mediaxolding prezidenti Xose Antonio Baston bo`ldi. Ular ikki yildan beri sevishadi. Ularning to`yi yilning eng kutilayotgan to`ylaridan.

Manba: elle.ru

    Boshqa yangiliklar