Buxoro viloyatining Kogon tumanida “K.S.” MChJ rahbari R. M. va AT “Xalq banki” Kogon filiali mutaxassisi Sh.A. oldindan jinoiy til biriktirib, 4 nafar fuqaroga ajratilgan jami 43 mln so`m kreditni jamiyat hisob raqamiga o`tkazib, shuningdek 9 nafar fuqarolarning nomiga ularning xabarisiz 172 mln so`m mikroqarz rasmiylashtirib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangani haqida xabar berdi Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan R.M. va Sh.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.