10-13-mart kunlari Toshkent shahrida ShHTga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Axborot xizmati ma`lum qildi.
Delegasiyalar ShHTga Tojikiston Respublikasi raisligi doirasidagi asosiy tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish masalalarini muhokama qildilar.
ShHTning 2021-yilga mo`ljallangan asosiy tadbirlari rejasi ma`qullandi. Hujjat 150 dan ortiq bandni o`z ichiga oladi va Tashkilot doirasidagi ko`p tarmoqli o`zaro aloqalarning barcha sohalarini qamrab oladi.
Shuningdek, 2021-yil sentyabr oyida Dushanbe shahrida bo`lib o`tadigan ShHT Sammitida tasdiqlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar loyihalari bo`yicha fikr almashildi.