Ob-havo sharoitining noqulay kelishi, jumladan, kuchli shamol esib, qor yog`ishi oqibatida Xorazm viloyati elektr energiyasi ta`minotida jiddiy uzilishlar yuz berdi. Bu haqda «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari”AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
13 mart kuni ertalabdan viloyatning ko`plab shahar va tumanlari elektr energiyasisiz qoldi. Davlat idoralari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub`ektlari ish faoliyati to`xtadi. Yo`llarda transport vositalarining xavfsiz harakati bilan bog`liq muammolar ko`paydi. Svetoforlarning ishlamay qolishi oqibatida, chorrahalarda tirbandliklar yuzaga keldi.
“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabariga ko`ra, elektr ta`minotidagi uzilishlar noqulay ob-havo sharoiti oqibatida yuzaga kelgan avariyalar bilan bog`liq. Hozirgi vaqtda tezkor ishchi guruhlar jalb qilinib, avariyalarni bartaraf qilish choralari ko`rilmoqda.