Upgut tumanida tumanning Mergancha mahallasida bunyod etilgan masjidning foydalanishga topshirilishiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi.
Unda O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.
Mazkur masjidning maydoni 1,06 gektarni tashkil etadi. Masjid ikki qavatdan iborat bo`lib, 8 mingga yaqin namozxonni sig`dira oladi. Masjidning o`rtasida 36 metr balandlikda gumbaz qilingan. To`rt burchagida 40 metr balandlikdagi to`rtta minora qurilgan.
Bu erda zamonaviy tahoratxona, imom xatib va boshqa xodimlar uchun barcha qulayliklarga ega 2 qavatli ma`muriy bino ham mavjud.
To`lqin Siddiqov.