AsosiySiyosat

Qirg`iziston sog`liqni saqlash vaziri o`zbekistonlik hamkasbiga qo`l cho`zmaganiga izoh berdi

'Qirg`iziston sog`liqni saqlash vaziri o`zbekistonlik hamkasbiga qo`l cho`zmaganiga izoh berdi'ning rasmi

O`zbekiston – Qirg`iziston sherikligining deyarli barcha yo`nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolangani va hujjatlarni almashish marosimi bo`lib o`tgani haqida xabar bergan edik. 

Qirg`iziston sog`liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vaziri Alimkadir Beyshenaliev 11 mart kuni hujjatlarni imzolash marosimida O`zbekiston sog`liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboevning qo`lini siqmadi.

«Protokolga ko`ra faqat Kelishuvlar bilan almashish kerak edi. Barcha vazirlar qo`l berishmadi, ehtimol, O`zbekiston sog`liqni saqlash vaziri bu haqda unutgan. Men unga bunday qilish kerakmasligin aytdim va qo`l cho`zmadim», — deya tushuntirdi u.

Boshqa yangiliklar