Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhaga ko`ra, bugun 14-mart kuni erta tong bilan Sirdaryo tumanida ko`p qavatli uy-joylar oldidagi ko`p yillik daraxtlar kesib tashlangan.
Videolavhaga ostida bitilgan izohlarga ko`ra, savdo do`koni uchun ko`plab daraxtlar kesib tashlangan.
Sirdaryo telegarm kanalining ma`lum qilishicha, joriy yilning 7-mart kuni ham Sirdaryo tumani 2-umumta`lim maktabi bog`idagi 20 tupdan ziyod ko`p yillik mevali daraxtlar ayovsiz kesib tashlangandi.
O`shanda Sirdaryo tumani "Taraqqiyot" mahallasi 2-maktab bog`idagi mevali 20 ta daraxtlar va bir qancha teraktlarni mahalla idorasini qurish uchun hech ikkilanmasdan kesib tashlangani aytilgan.
Aytilishicha, videolavhalarga mutasaddilar tomonidan hech qanday e`tibor qaratilmagan.