AsosiySport

«Turon» bosh murabbiyi va rahbari jazolandi

'«Turon» bosh murabbiyi va rahbari jazolandi'ning rasmi

O`zbekiston Superligasi 2-turi doirasida «Turon» klubi murabbiyi Islombek Ismoilov «So`g`diyona» klubiga qarshi bahsdan keyingi rasmiy flesh-intervyu chog`ida so`kingan holda, etika normalarini buzganligi uchun Tartib-intizom qo`mitasi unga nisbatan 2 ta o`yinga chetlashtirish intizomiy chorasini belgiladi. Bu haqda Go Sport! xabar berdi.

«Turon» klubi prezidenti Abduvahob Ahmadaliev «So`g`diyona» klubiga qarshi bahsdan keyingi flesh-intervyu chog`ida o`z fikrlarini qo`pol tarzda bildirgani uchun Tartib-intizom qo`mitasi unga nisbatan jarima (qancha?) intizomiy chorasini belgiladi.

Sal avval, Hakamlik qo`mitasi «So`g`diyona» – «Turon» uchrashuvini boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinovning qo`pol xatolarga yo`l qo`yganligi hamda ushbu xatolar o`yin natijasiga ta`sir o`tkazganligi sababli hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatilgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar