AsosiySiyosat

Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Polsha Milliy Assambleyasining vise-spikeri bilan uchrashdi

'Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Polsha Milliy Assambleyasining vise-spikeri bilan uchrashdi'ning rasmi

16-mart kuni vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun Varshava shahriga kelgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Sherzod Asadov boshchiligidagi delegasiya Polsha Respublikasi Milliy Assambleyasining Seymi (quyi palatasi) vise-spikeri Pyotr Zgorjelski bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Suhbat davomida O`zbekiston-Polsha parlamentlararo hamkorlikning hozirgi holati va ustuvor yo`nalishlari muhokama qilindi.

Polsha tomoniga mamlakatimizda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida hayotning barcha jabhalarini modernizasiya qilishga qaratilgan islohotlar to`g`risida ma`lumot berildi.

Tomonlar O`zbekiston va Polsha o`rtasidagi siyosiy muloqotning huquqiy asoslarini mustahkamlash uchun parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini ta`kidladilar. Shu nuqtayi nazardan ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o`rtasidagi aloqalarni o`rnatish mexanizmlari, shuningdek, qo`shma tadbirlar samaradorligini oshirish yo`llari ko`rib chiqildi.

Muzokaralar chog`ida umumiy kun tartibining boshqa masalalari bo`yicha fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar