Chiroyli ko`rinishga ega bo`lgan va ishtahaochar bu qovoqli pishiriqni taomnomangizga kiritib, oila a`zolaringizga tayyorlab bersangiz, ularni xursand qilgan bo`lasiz. Chunki bu juda foydali va ishtahaochar egulik.
Kerakli masalliqlar
• Qovoq – 600 g.
• manniy yormasi – 1/2 stakan.
• tuxum – 2 dona.
• shakar – 4 osh qoshiq.
• o`simlik yog`i – 3 osh qoshiq.
• tuz – 1 chimdim.
Qovoqni po`sti va urug`idan tozalagandan so`ng qirg`ichnnig kattaroq tishidan o`tkazing. Ustiga ikkita tuxumni chaqib soling. Shakar hamda tuz qo`shib aralashtiring. So`ng aralashmaga manniy yormasini qo`shing.
O`simlik yog`ini ham quyib, hammasini yaxshilab aralashtiring.
Tayyor bo`lgan aralashmani yog`langan qolipga solib, 25 daqiqaga gaz pechiga qo`ying.
200 darajali olovda pishiriladi.
Taomni qaymoq yoki quyultirilgan sut bilan bezatib, dasturxonga tortasiz.Yoqimli ishtaha.





