Radiouglerodli tahlillarning qayd etishicha, Misrda topilgan darxonga oid ko`ylak insoniyat tarixidagi eng qadimiy ko`ylakdir. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Ko`ylak bundan 5,1-5,5 ming yil oldin yaratilgan. Uni ilk marotaba 1913 yilda Misrda olib borilgan qazilma ishlari jarayonida topishgan. Topilmaning naqadar ahamiyatli ekanligini his etgan olimlar uni 1990 yilda Londonga ekspertiza uchun yuborishgan.
Kulrang ko`ylak V shaklidagi yoqaga ega, uning englari to`g`ri bichimda. Uning faqatgina ustki qismi saqlanib qolgani uchun olimlar ko`ylakning uzunligi qancha bo`lganini aniqlay olishmagan. Taxminlarga ko`ra, ko`ylak Qadimgi Misrda birinchi sulola davrida yashagan ayolga tegishli bo`lgan.
Qadimiy ko`ylak hozirda London shahrida joylashgan Albert va Viktoriya muzeyida saqlanmoqda. Olimlarning aytishicha, ko`ylak bundan bir necha ming yil oldin yaratilganiga qaramay, juda yaxshi saqlangan.





