AsosiyJamiyat
2843

Namanganda YTHdan og`ir jarohat olgan 3 yoshli bola shifoxonada vafot etdi

'Namanganda YTHdan og`ir jarohat olgan 3 yoshli bola shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

Joriy yil 19 mart kuni soat 12:45 larda, Namangan shahar Q.Otamirzaev ko`chasida VAZ-21011 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan 3 yoshli bolani urib yuborgan. Natijada, voyaga etmagan piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida, 25 mart kuni shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
 Ma`lum qilinishicha, ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar