Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 126 million 359 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 769 mingdan ziyod kishi vafot etgan (28.03.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 13:30 holatiga ko`ra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 565 997 yangi holati aniqlandi, 9 997 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (29.03.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 09:28 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 127 million 116 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 783 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 29,859 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Braziliya (12,404 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Hindiston (11,941 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (4,519 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Fransiya (4,435 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 71 187, Braziliyada 84 245, Hindistonda 62 714, Rossiyada 9 088, Fransiyada esa 41 682 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.






