AsosiyDunyo

Rossiyada migrantlarga soxta COVID-19 ma`lumotnomalarini sotayotgan guruh qo`lga olindi

'Rossiyada migrantlarga soxta COVID-19 ma`lumotnomalarini sotayotgan guruh qo`lga olindi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Novosibirsk viloyatida mehnat migrantlariga Rossiya hududiga kirish uchun soxta COVID-19 ma`lumotnomalarini sotayotgan shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur guruh pandemiya sababli joriy etilgan mavjud cheklovlar sharoitida chet el fuqarolarini mamlakat hududiga olib kirish uchun asos sifatida foydalanish maqsadida soxta tibbiy hujjatlarni tayyorlash va sotish bilan shug`ullangan.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan guruhni qo`lga olish davomida 1000 dan ortiq PSR ma`lumotnomasi blanklari, 400 dan ortiq to`ldirilgan chaqiruv-ma`lumotnomalari, 3 mln rubldan ortiq miqdordagi Rossiya rubli va chet el valyutasi, shuningdek, soxta hujjatlarni sotib olmoqchi bo`lgan chet ellik mijozlar bazasi daliliy ashyo sifatida musodara qilingan.

    Boshqa yangiliklar