AsosiyDunyo

Tojikistonda poliomielitning avj olishiga nima sabab bo`lgani aytildi

'Tojikistonda poliomielitning avj olishiga nima sabab bo`lgani aytildi'ning rasmi

Tojikiston sog`liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining sanitariya-epidemiologik xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i Navro`z Jafarov mamlakatda poliomielit avj olish  sabablarini ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, kasallikning avj olishi o`z vaqtida o`tkazilmagan emlash ishlari yoki uning yo`qligi sabab bo`lgan. Jafarov virus ko`proq emlanmagan bolalarda uchrayotganini qayd etgan.

«O`z vaqtida emlanmagan bolalar poliomielit nishoni va mamlakat bo`ylab xavfli kasallik tashuvchilari bo`lishdi», - degan Jafarov.

SSV vakili bugungi kunda Tojikistonda shunga o`xshash yuqumli kasalliklar avj olishiga qarshi kurashish strategiyasi borligini aytgan.

    Boshqa yangiliklar