«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Real»ga qarshi o`yin oldidan Madrid klubi haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
«2017/2018 yilgi EChL finalida «Real»ga qarshi o`yindan keyin biz Chempionlar ligasi va Premer-liga g`olibligini qo`lga kiritdik. Biz chempionmiz, o`sha mag`lubiyatdan keyin ko`p narsa o`zgardi, biz kuchaydik.
«Real» esa o`sha finaldan keyin tarkibda ko`plab yo`qotishlarga uchradi. Krishtianu Ronaldu Madridni tark etdi. Uni «Real» tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb bilaman. Ular Azarni o`z saflariga qo`shib olishdi, ammo Eden hali jarohatlardan keyin o`ziga kela olgani yo`q.
Shunga qaramay, bu jamoa chorakfinalgacha keldimi, demak jamoa hali ham turnirdagi eng kuchli klublardan biri deb aytish mumkin.
Hozirgi «Real» biz finalga mag`lub bo`lgan «Real»dan kuchlimi? Bilmadim, qaysi biri kuchli ekanligini ayta olmayman. Shunisi aniqki, hozirgi jamoa chorakfinalga tayyor va bu turnir g`olibligi uchun da`vogarlardan biri», - deya Salohning so`zlarini keltirmoqda Marca.
Ma`lumot uchun, «Real» va «Liverpul» o`rtasidagi EChL chorakfinali doirasidagi dastlabki o`yin 6 aprel kuni Madridda, 14 aprelda esa Liverpulda o`tkaziladi.






