AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Turkiy kengash doirasida Alisher Navoiy xalqaro mukofotini ta`sis qilishni taklif etdi

'Shavkat Mirziyoev Turkiy kengash doirasida Alisher Navoiy xalqaro mukofotini ta`sis qilishni taklif etdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston prezidenti 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammitida ishtirok etib, bir qator muhim takliflarni ilgari surdi. 

Xsusan, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta`sis qilish taklif etildi.

"Biz Bokuda o`tkazilgan sammitda adabiyot va san`at sohasida Xalqaro mukofotni ta`sis etish tashabbusini ilgari surgan edik.

Tashkilotimizga a`zo davlatlarning Siz, hurmatli rahbarlariga Turkiy Kengashning ilm-fan, ta`lim, madaniyat va san`at sohalarini, shuningdek, turkiy dunyo birligini rivojlantirishga ulkan hissa qo`shgan atoqli shaxslarni rag`batlantirish maqsadida xalqaro mukofot ta`sis etish haqidagi taklifni ma`qullaganingiz uchun tashakkur izhor etaman.

Ushbu mukofotni Mir Alisher Navoiy nomi bilan atash haqidagi taklifni qo`llab-quvvatlaganingiz uchun o`z nomimdan, O`zbekiston xalqi nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman. Bunday hurmat-e`tibor va ishonch biz uchun katta sharafdir.

Biz buni barcha turkiy xalqlarning faxru iftixori bo`lgan, ulug` zot – Alisher Navoiyga yuksak ehtirom ifodasi, deb qabul qilamiz. Bu nufuzli mukofotning ta`sis etilishi turkiy birlik ruhini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz", - dedi o`z nutqida davlat rahbari. 

 

 

    Boshqa yangiliklar