SSVning Jahon sog`liqni saqlash tashkilotiga tayanib bergan ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 127 million 877 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 796 ming nafardan ziyod kishi vafot etgan (31.03.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 14:46 holatiga ko`ra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 509 746 yangi holati aniqlandi, 8 855 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (01.04.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 11:26 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 128 million 913 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 816 ming nafardan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 30,030 million nafardan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Braziliya (12,573 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Hindiston (12,149 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (4,545 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Fransiya (4,510 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 61 620, Braziliyada 38 927, Hindistonda 53 480, Rossiyada 8 275, Fransiyada esa 29 575 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.






