AsosiyDunyo

Qirg`iziston Tashqi ishlar vazirligi xodimi koronavirusga qarshi emlangandan so`ng vafot etgan

'Qirg`iziston Tashqi ishlar vazirligi xodimi koronavirusga qarshi emlangandan so`ng vafot etgan'ning rasmi

Kecha, 1 aprel kuni Qirg`iziston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktorining o`rinbosari Baxtiyor Shakirov vafot etdi. Bu haqda 24.kg sayti  Qirg`izistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.  Xabarda o`lim sababi hali noma`lum ekanligi aytilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligining sobiq matbuot kotibi Elena Bayalinova Feysbukdagi sahifasida xabar tarqatishicha, 2-aprel kuni 39 yoshli marhumning qarindoshlari  uni "COVID-19" ga qarshi emlanganini ma`lum qilishgan. Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktorining o`rinbosari  "China Biotekshnology Go LTD" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "SinoPfarm" vaksinasini qabul qilgan. Ushbu vaksinadan 19 mart kuni Qirg`iziston Respublikasiga 150 ming dozada kelgan. Aytilishicha, marhum Baxtiyor Shakirov Moskvaga malaka oshirish kurslarida o`qishga ketmoqchi bo`lgani uchun o`zini himoyalash maqsadida emlash jarayonidan o`tishga qaror qilgan.

 Elena Bayalinova sodir bo`lgan voqeadan so`ng Qirg`iziston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi emlash jarayonida reaksiyalar va asoratlar tufayli yangi yo`qotishlarni oldini olish uchun xizmat tekshiruvi o`tkazishi va uning natijalari haqida hisobot berishlari lozimligini ta`kidlagan. Mamlakat shifokorlari ushbu holatni hisobga olishlari va fuqarolarni diqqat bilan emlash oldi nazoratidan o`tkazishlari kerakligini uqtirgan.

Sog`liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi hodisa haqida hozircha izoh bermagan.

    Boshqa yangiliklar