AsosiySport

Vodiydan Samarqandga otlangan velomarafonchi otaxonlar Jizzaxga yaqinlashib qoldi

'Vodiydan Samarqandga otlangan velomarafonchi otaxonlar Jizzaxga yaqinlashib qoldi'ning rasmi

Avvalroq, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmonini keng targ`ib qilish maqsadida farg`onalik bir guruh otaxonlar Farg`onadan Samarqandgacha velosipedda yo`lga chiqishgani haqida xabar bergan edik.

Endilikda,  kecha velomarafonchilar kunning ikkinchi yarmida Toshkent shahriga etib kelishgan hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligida munosib kutib olingan otaxonlar kechga tomon Guliston shahriga etib borgan va shaharda tunab qolishdi hamda bugun ertalabdan yana yo`lga otlanishdi.Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, ayni daqiqalarda ular Jizzax viloyatiga yaqinlashib qolishgan.

Rejaga ko`ra velomarafonchilar 4 aprel kuni, yana 2 kundan so`ng ko`hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga etib borishni maqsad qilishgan.

 

Boshqa yangiliklar