AsosiySport

3 aprel professional boks oqshomini qanday tomosha qilish mumkin?

'3 aprel professional boks oqshomini qanday tomosha qilish mumkin?'ning rasmi

Ertaga “Humo arena” muz saroyida katta boks kechasi bo`lib o`tadi. Ikkinchi engil vazn toifasining WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasadan chempionlik unvonlarini himoya qiladi. Shuningdek, ushbu kechada Shahram G`iyosov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Iqboljon Xoldorov, Hasanboy Do`smatov, Sanjar Tursunov, Mirazizbek Mirzahalilov kabi vakillarimiz reyting janglarini o`tkazishadi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri Maryam SATTOROVA xabar bermoqda.

Shu o`rinda ko`pchilik yurtdoshlarimiz ushbu kechani intizorlik bilan kutishayotgani sir emas, albatta. Ularni ushbu janglar qaysi telekanal orqali namoyish etilishi qiziqtirmoqda. Bellashuvlar 18:00 dan boshlab yurtimiz hududida “ZO’RTV” telekanali, xorij uchun DAZN platformasi orqali jonli efirda namoyish etilishini ma`lum qilamiz.

Boshqa yangiliklar