AsosiyDunyo

Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 130 million nafardan oshdi

'Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 130 million nafardan oshdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 129 million 215 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 820 ming nafardan ziyod kishi vafot etgan.  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 659 917 yangi holati aniqlandi, 11 626 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda. 

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 130 million 260 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 838 ming nafardan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 30,159 million nafardan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Braziliya (12,748 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Hindiston (12,303 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Fransiya (4,620 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Rossiya (4,563 milliondan ortiq).

 JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 63 781, Braziliyada 90 638, Hindistonda 81 466, Fransiyada 50 659, Rossiyada esa 8 792 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar