Professional boksning og`ir vazn toifasida (+90,7 kg) harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (8-0, 8 KO) 3 aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena`da tashkil etilgan boks kechasida ringga ko`tarildi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri Maryam SATTOROVA xabar berdi.
O`zbekistonlik bokschiga latviyalik Kristaps Zuits (7-2-2, 7 KO) raqib bo`ldi.
Dastlabki raund to`liq Jalolovning ustunligida o`tdi. Ikkinchi raund debyutida Bahodir kuchli zarbasi bilan raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Jalolov bu vaziyatdan bazo`r o`ziga kelgan latviyalik bokschiga bosimni davom ettirdi va ikkinchi urinishda Zuitsni nokautga uchratdi.






