AsosiySport

Qilichbozlik bo`yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilarimiz munosib kutib olindi

'Qilichbozlik bo`yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilarimiz munosib kutib olindi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Misr poytaxti Qohira shahrida qilichbozlik bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rasida jahon chempionatida terma jamoamiz a`zolari ham ishtirok etishgan edi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan sablyachimiz Boburjon Rasulov yurtimiz uchun qilichbozlik sporti tarixida jahon chempionatlaridagi ilk medalni qo`lga kiritdi.

Vakilimiz, 1/64 final bosqichidan bahslarga qo`shildi. Dastlab, qozog`istonlik Stepan Sevostyanov (15:10), amerikalik Kristofer Uolker (15:13), ispaniyalik Rogelio Kabalero (15:13), gong konglik Si So (15:7), misrlik Adham Moataz (15:10) ustidan g`alaba qozonib, final yo`llanmasini qo`lga kirit va final bahsida rossiyalik Kirill Tyulyukovga imkoniyatni boy berib kumush medal bilan kifoyalandi.

Kecha qilichbozlik bo`yicha tarixiy natija qayd etgan vakillarimiz Toshkent Xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Sportchilarni kutib olish marosimida O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi, O`zbekiston qilichbozlik federasiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, federasiya mas`ul xodimlari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etishdi. Karnay-surnay sadolari ostida qarshi olingan sportchilarimizga guldastalar taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar