AsosiyJamiyat

"Bozorlarda yog` uchun yana turnaqator navbatlar paydo bo`lmoqda" — Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi holatni o'rganmoqda

'"Bozorlarda yog` uchun yana turnaqator navbatlar paydo bo`lmoqda" — Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi holatni o'rganmoqda'ning rasmi

"Bozorlarda yog` uchun yana turnaqator navbatlar paydo bo`lmoqda" sarlavhali post tarqalgan edi:

Bozorlarda yog`ga yana turnaqator navbatlar paydo bo`lmoqda

Toshkent bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlariga yana turnaqator navbatlar paydo bo`libdi. Xususan, “Aviasozlar” dehqon bozorida kungaboqar yog`i ur-yiqit talash. Arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasiga yaqinlashib bo`lmaydi. Sababi, bu erda kungaboqar yog`ining litri 14500 so`mdan sotilyapti. Boshqa joylarda esa bunday yog`ning o`rtacha bahosi 20 000 so`m atrofida.  

Sotuvchi baqirib, ogohlantiradi: “Endi boshqa navbatga turmang, yog` etganicha sotamiz”. Bu esa umidvor bo`lib turgan o`rtahol odamlarning asablarini o`natadi. Axir, o`ziga to`q odam hozirgi karantin paytida sog`lig`ini xavfga qo`yib, o`zini olamon ichiga urarmidi?! “Terminal ishlamayapti, bir kishiga ikki butilkadan yog` sotiladi!” deya qichqirishini qo`ymaydi sotuvchi yigit. Shuning uchun ko`plab oilalar bola-chaqasi bilan navbatda turishibdi...

Arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi rastasida yog` va shakardan boshqasi narsa yo`q. Uzr, adashibman. Rossiyadan keltirilgan  quyultirilgan sut ham bor ekan. Uni hech kim so`ragani ham yo`q. Hamma yog` dardida. Bunday nomigagina tashkil etilayotgan yarmarkalar bilan narx barqarorligini ushlab bo`ladimi? Aholining yog`ga bo`lgan ehtiyojini-chi? Aslo!  

Bu navbatlar bekorga paydo bo`layotgani yo`q. O`simlik yog`i allaqachon narxi tez oshib borayotgan mahsulotlar tarkibidan joy olgan. Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga qaraganda, o`simlik yog`ining o`rtacha narxi 17 foiz ko`tarilgan. Yog`-moy sanoati korxonalari uyushmasi esa bu holatni katta hajmda oziq-ovqat xom ashyolarini etishtiradigan davlatlar eskport hajmini kamaytirgani bilan bog`lab keladi.  

Yog`, shakar kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojimizni ta`minlash uchun qachongacha chetga ko`z tikib o`tiramiz? 

Xabarda keltirilgan ma`lumotlar bo`yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan o`rganish olib borilmoqda.

Qo`mita axborot xizmati ma`lum qilishicha, o`rganish natijalarini qo`mitaning veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar