AsosiySport

Osiyo Chempionlar ligasida O`zbekistondan ikkita jamoa qatnashadi, «Nasaf» esa

'Osiyo Chempionlar ligasida O`zbekistondan ikkita jamoa qatnashadi, «Nasaf» esa'ning rasmi

Kecha futbol bo`yicha Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off o`yini o`tkazildi. Unda Olmaliqning AGMK jamoasi mehmonda Qatarning «Al Garafa» klubiga qarshi bahs olib bordi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar bermoqda. 

O`yin keskin va murosasiz kechib, asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Bir vaziyatda Aleksandr Kasyan tomonidan kiritilgan gol AGMK futbolchisi o`yindan tashqari holatda qoldi, deb inobatga olinmadi.

Natijada g`olibni aniqlash uchun qo`shimcha bo`limlarga murojaat qilindi. Qo`shimcha vaqtning so`nggi daqiqasida olmaliqliklar tayanch yarim himoyachisi Yovan Jokich tomonidani kiritilgan gol o`yin taqdirini hal qildi va Mirjalol Qosimov shogirdlari OChLning guruh bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

AGMKning bu g`alabasi o`z navbatida «Nasaf» uchun ham xalqaro maydonlar sari yo`l ochdi. Endi «ajdarlar» OFK kubogida ishtirok etishadi.

Eslatib o`tamiz, klublarimizning Osiyo maydonlaridagi yagona tituli aynan «Nasaf» klubi tomonidan 2011 yilda qo`lga kiritilgan va o`shanda qarshiliklar OFK kubogini boshi uzra baland ko`tarishgan edi.

OChL-2021. Pley-off bosqichi o`yini.

«Al Garafa» – AGMK – 0:1

Doxa, «Suhaim Bin Hamad» stadioni.

Gol: Yovan Jokich (120, 0:1).

«Al Garafa»: Yusuf Hassan, Tamim Al Muhaza, Moayad Hassan (Otman Al Yahri 109), Yusuf Mutfa (Said Al Xaj 119), Ku Ja Chol, Ektor Errera, Adlen Gediura, Amro Suraj (Muaz Al Salemi114), Homam Ahmad, Nossir Al Ahrak (Ahmad Al Janhi 69), Sofyan Xanni.

AGMK: Valijon Rahimov, Dilshod Ahmadaliev, Bobur Yo`ldoshev, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov, Yovan Jokich, Sanjar Tursunov (sardor), Sanjar Shoahmedov (Murod Toshmatov 90), Elvin Fortes (Shohruh Gadoev 46), Aleksandr Kasyan (Zafar Polvonov 90), Husniddin G`ofurov (Mirjamol Qosimov 90+1).

    Boshqa yangiliklar