Shavkat Mirziyoevning Rossiya va Koreyaga tashrifi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o`tkazayotgan brifingda ma`lum qilindi.
Xabarga ko`ra, 5 aprel kuni Prezident Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegasiya hamda 6 aprel kuni Koreya parlamentining Milliy assambleya spikeri Pak Byon Sok boshchiligidagi delegasiyani qabul qilgan. Unda hamkorlikning muhim masalalari haqida fikr almashilgan. Har ikki mamlakatga Shavkat Mirziyoevning tashrifi rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, 13–14 aprel kunlari mamlakatga Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining raisi, Shvesiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Lindening tashrif buyurishi kutilmoqda. Linde xonim Shavkat Mirziyoev qabulida bo`lishi rejalashtirilgan. Shuningdek, kelayotgan haftada davlat rahbarining Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videomuloqoti mo`ljallangan.






