Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi axborot xizmati O`zbekiston bozorlarida o`simlik yog`i narxining keskin ko`tarilib ketgani bo`yicha izoh berdi.
«Bozorlarda narxlar keskin o`sishiga, birinchi navbatda, jahon bozorlarida narxlar oshishi va o`tgan yilda hosil nisbatan kamroq bo`lishi munosabati bilan asosiy etkazib beruvchi qo`shni davlatlarda kungaboqar yog`i va urug`i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilangani ham ta`sir etdi», deyiladi xabarda.
Ta`kidlanishicha, bozorlarda yiliga iste`mol uchun 300 ming tonnadan ortiq o`simlik yog`i talab etiladi. Ma`lumot uchun, 2020 yilda 450 ming tonnadan ziyod o`simlik yog`i iste`mol uchun muomalaga chiqarilgan.