AsosiySiyosat

Abdulaziz Kamilov Qatar Amiri bilan uchrashdi

'Abdulaziz Kamilov Qatar Amiri bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun, 11-aprel kuni Doha shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Vazir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga yo`llagan maktubini etkazdi.

Suhbat davomida O`zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o`zaro aloqalarning dolzarb jihatlari to`g`risida fikr almashildi.

O`zbekiston va Qatar ko`p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim salohiyatga ega ekanligi ta`kidlandi.

Tomonlar o`zaro siyosiy muloqotni faollashtirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy sohalarda hamkorlikni sezilarli darajada oshirish zarurligini ta`kidladilar.

Afg`onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha afg`onlararo inklyuziv muzokaralarni ilgari surishning muhimligi ta`kidlandi.

Qatar tomoni O`zbekistonning Afg`onistondagi tinchlik jarayonini qo`llab-quvvatlash borasidagi sa`y-harakatlarini yuqori baholadi.

Muzokaralarda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar