AsosiySiyosat

Investisiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Investisiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Prezident qarori bilan Baxtiyor Rahimov Investisiyalar va tashqi savdo vazirining o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Tayinlovdan oldin u prezident Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qo`mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Baxtiyor Rahimov yangi lavozimida Eksportni qo`llab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashini ta`minlash, tarmoq va hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tashqi bozorlarda kompleks marketing siyosatini olib borish, shuningdek, transport-kommunikasiya va logistika salohiyatini va xalqaro transport yo`laklarini rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirishga mas`ul bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar