1

“O`zbekkino” buyurtmasiga binoan Cho`lpon haqida film suratga olinadi

Madaniyat 15.04.2021, 13:12
“O`zbekkino” buyurtmasiga binoan Cho`lpon haqida film suratga olinadi

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Media Illusion” studiyasi tomonidan “Cho`lpon. Qush esdaligi” hujjatli filmi suratga olinadi.

Mazkur film etuk adib, buyuk ma`rifatparvar shoir va yozuvchi Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon hayoti va ijodiga bag`ishlangan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan "Xalq yuragi" turkumi ostida tasvirga olinmoqda.

“Cho`lpon. Qush esdaligi” filmida Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lponning qatag`onga uchrashi, bunga asosiy sababchi bo`lgan sobiq rus imperiyasi va ijodkorni qatag`on ostonasiga etaklab kelgan sotqinlar fosh etiladi.  

Csenariy muallifi Erkin Bozorov, rejissyor va prodyuser Husan Rashidov, operator Jahongir Ibragimov, rassom Shuhrat Abdumalikov, kartina direktori Kamila Matenova.

Filmning suratga olish ishlari Toshkent, Buxoro viloyatlarida va Qo`qon shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1