Bugun, 15 aprel kuni poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida karate WKF bo`yicha o`smirlar, yoshlar va kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati musobaqalariga start berildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

Musobaqa O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi, Sport yakka kurashlari bo`yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi hamda O`zbekiston karate milliy federasiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Mamlakat chempionati yakunlariga ko`ra, kattalar, yoshlar va o`smirlardan iborat O`zbekiston milliy terma jamoasining yangi tarkibi shakllantiriladi.
O`smirlar, yoshlar va kattalar o`rtasidagi ushbu O`zbekiston chempionatiga hududiy saralash musobaqalari g`olib va sovrindorlari qatnashishlari ko`zda tutilgan. Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan qariyb 1 000 nafarga yaqin sportchi-karatechilar ishtirok etmoqda.
O`zbekiston chempionatida ishtirokchilar yakkalik kata, jamoaviy kata, yakkalik kumite hamda jamoaviy kumite bahslarida o`zaro bellashadi.
14-15 yosh, yakkalik kata mashqlari
O`g`il bolalar
1. Mirzanazarov Asliddin (Toshkent),
2. Mirzakalonov Alixon (Andijon),
3. Kamilov Azizbek (Xorazm),
3. Bahromov Abdulloh (Andijon),
Qiz bolalar
1. Hoshimxonova Sarvara (Toshkent),
2. Abduvohidova Aynur (Sirdaryo),
3. Mamirova Tursunoy (Andijon),
3. Abdumutalibova Risolatoy (Andijon).
Bugun 14-15 yoshli o`smirlar va qizlar yakkalik kata va jamoaviy kata yo`nalishlarida o`zaro bahs olib borishayotgan bo`lsa, ertaga 16-17 yoshli karatechilar yakkalik kata, jamoaviy kata, yakkalik kumite hamda jamoaviy kumite bahslarida tatamiga chiqishadi.


