AsosiySiyosat

Hozirgi kunda vaksinasiya boshlangan har bir punktda eng kamida ikkitadan vaksinani taklif qilyapmiz — Bosh vazir

'Hozirgi kunda vaksinasiya boshlangan har bir punktda eng kamida ikkitadan vaksinani taklif qilyapmiz — Bosh vazir'ning rasmi

Toshkentda bo`lib o`tayotgan Maxsus komissiya yig`ilishida Bosh vazir Abdulla Aripov pandemiya bilan bog`liq iqtisodiy masalalar va vaksinasiya jarayoniga alohida to`xtalib o`tdi:

“Prezidentimiz boshidan bu masala bo`yicha to`g`ri yo`nalish berdilar. Hozirgi kunda vaksinasiya boshlangan har bir punktda eng kamida ikkitadan vaksinani taklif qilyapmiz.  

Bu yil pandemiya bilan kurashish uchun 3 trillion so`mdan ortiq mablag` ajratib berilgan.

Biroq, bu masalaga alohida e`tibor qaratishimiz lozim. Barqarorlikka erishilishi, mutaxassislarning tavsiyasi bilan to`y va ma`rakada qatnashuvchilar sonini 100 kishigacha oshirdik.  

Hattoki, ba`zi rahbarlar ham 100 kishi mumkin ekan deb, to`ylarni 200-300 kishilik qilib o`tkazyapti. Davlat boshqaruv idoralarida rahbar lavozimlarida ishlayotganlarning o`zi shuni qilyapti. Shunday ma`lumotlar ham yo`q emas. kerak bo`ladigan bo`lsa, aynan shu deb lavozimidan ketadi.  

Kuni kecha prezidentimiz shu bo`yicha juda qattiq e`tiroz bildirdilar. Bir-ikki rahbar karantin talablariga rioya qilmagani uchun ham ishdan ketadi. Kechirasizlar-ku, oldin to`ylarni to`xtatishgacha borgan bo`lsak, hozir ham qilamiz shu ishni. Xalq salomatligi uchun qilinadi shu narsa”.

Mavzuga doir:

O`zbekistonga «afrikancha» shtamm ham kirdi — Bosh vazir

Tezkor! 18 apreldan karantin nazorati yanada kuchaytiriladi

Ovqatlanish muassasalari va avtobuslarda o`rindiqlar soni 50 foizgacha cheklanadi

Yil oxirigacha O`zbekiston o`z vaksinasini chiqarishi mumkin — Abdulla Aripov

Taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish bo`yicha ko`rsatma berildi

Bog`cha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyati zudlik bilan to`xtatiladi

    Boshqa yangiliklar