AsosiyIqtisodiyot

"Ipoteka-bank" birinchilardan bo`lib xalqaro moliya bozoriga milliy valyutada evroobligasiyalarni chiqardi

'"Ipoteka-bank" birinchilardan bo`lib xalqaro moliya bozoriga milliy valyutada evroobligasiyalarni chiqardi'ning rasmi

«Ipoteka-bank» aksiyadorlik-tijorat ipoteka banki Respublikamizdagi korporativ emitentlar orasida birinchi bo`lib obligasiyalarni milliy valyutada yopiq obuna usulida xalqaro kapital bozoriga muvaffaqiyatli tarzda chiqarish va joylashtirishga erishdi.Bu haqda Spot.uz yozmoqda. 

Xususan, joriy yilning 16 aprel kuni Ipoteka-bankning 3 yillik 785 milliard so`m (75 million AQSh dollari ekvivalenti) miqdoridagi evroobligasiyalari xalqaro Vena fond birjasida yillik 16% (16,5% effektiv) kupon stavkasi asosida muvaffaqiyatli joylashtirishga erilishildi.
Xalqaro obligasiyalarning milliy valyutadagi debyut emissiyasi xalqaro miqyosda tan olingan J.P. Morgan (AQSh) anderrayting banki va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshirildi.

Bank tomonidan milliy valyutadagi xalqaro evroobligasiyalarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi xalqaro kapital bozoriga qimmatli qog`ozlarini chiqarishni rejalashtirgan boshqa salohiyatli emitentlarning ham ishtiyoqini oshiradi va natijada chet eldan valyuta xatarlari kam bo`lgan milliy valyutadagi uzoq muddatli qo`shimcha resurslar jalb qilinishiga keng yo`l ochadi.

Ma`lumot uchun, ilk marotaba, 2020 yilning noyabr oyida, Ipoteka-bankning 300 million AQSh dollari miqdoridagi evroobligasiyalari xalqaro London fond birjasida ro`yxatdan o`tkazilib muvafaqqiyatli joylashtirilgan edi.

    Boshqa yangiliklar