AsosiyIqtisodiyot

Inchxon aeroportini barpo etgan Koreya kompaniyasi Qo`qonda K-Town majmuasini quradi

'Inchxon aeroportini barpo etgan Koreya kompaniyasi Qo`qonda K-Town majmuasini quradi'ning rasmi

Farg`ona viloyati hokimligida Koreyaning eng yirik inshoot kompaniyasi bo`lgan Hanshin Engineering & Construction ijrochi direktori Choy Mun Kyu hamda Koreya-O`zbekiston Biznes assosiasiyasi rahbari Edvard Kim bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Hanshin Engineering & Construction tomonidan Qo`qon shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan K-Town shaharchasi loyihasi yuzasidan so`z bordi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi. 

Eng ilg`or Koreya texnologiyalari asosida qad rostlaydigan ushbu majmua, ostki qismida ikki etajli avtoturargohlar mavjud 9-16 qavatli turar-joylar, maktab, bolalar bog`chasi, parklar, yashil maydonlar, sport maydonchalarini o`z ichiga oladi.

2021 yil avgust oyida tamal toshi qo`yiladigan majmua loyihasi 4 bosqichda amalga oshirilishi ko`zda tutilgan. Viloyat hokimi bugungi kunda turar-joylarga talab kun sayin ortib borayotganini qayd etib, majmua qurilishi sifatiga ta`sir etmagan holda, amalga oshirish davrini qisqartirish bo`yicha mulohazalarini bildirdi.

1950 yilda tashkil etilgan Hanshin Engineering & Construction kompaniyasi, Koreyada ko`plab yirik loyihalarni, shu jumladan Inchxon aeroporti loyihasini amalga oshirgan. Kompaniya Saudiya Arabistoni, Xitoy, Quvayt, Kambodja, Filippin va boshqa ko`plab mamlakatlarda ham yirik qurilish loyihalariga o`z imzosini qo`ygan.

    Boshqa yangiliklar