AsosiySport

Toshkent yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi

'Toshkent yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi'ning rasmi

25-26 aprel kunlari Toshkent yana bir nufuzli musobaqani qabul qiladi. Bu haqda  Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Shu kunlari poytaxtimizda qilichbozlik bo`yicha Tokio-2020 Olimpiadasiga yo`llanma beruvchi Osiyo-Okeaniya mintaqasi saralash turniri o`tkaziladi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Osiyo-Okeaniya mintaqasi saralash turniri uchun 27ta davlat sportchilari ro`yxatdan o`tishgan. Olimpiya o`yinlari yo`llanmasi esa faqat musobaqa g`oliblariga taqdim etiladi.

Musobaqada har bir mamlakatdan atigi bir nafar sportchi qilichbozlikning u yoki bu yo`nalishida ishtirok etishi mumkin.

Boshqa yangiliklar