AsosiyMadaniyat

Ozodbek Nazarbekov Oqdaryo madaniyat markaziga aytmasdan borib, achinarli holatga duch keldi (video)

'Ozodbek Nazarbekov Oqdaryo madaniyat markaziga aytmasdan borib, achinarli holatga duch keldi (video)'ning rasmi

Samarqand viloyati Oqdaryo tuman madaniyat markaziga rejalashtirilmagan tashrif bilan kirib kelganimizda xodimlar ish joyida emasligiga, markaz erlarining tadbirkorlarga berib yuborilganiga guvoh bo`ldik. Achinarlisi, xonalarda fayz yo`q, to`garaklar faoliyati haminqadar, xuddi qarovsiz qolgan keraksiz binoga o`xshaydi. Ko`nglimiz xira tortdi. Biz markaz rahbari va xodimlariga ishonib topshirgan san`at va madaniyatni targ`ib etuvchi dargohning holi shu bo`lsa, yoshlarni san`atga jalb etish maqsadidagi tinimsiz harakatlarimiz, targ`ibot va tashviqotlarimiz samara berarmikan, degan o`yda qoldik...

Keyin ulardan kasbiga, ish joyiga nisbatan bu darajada sovuqqonlik boisini so`radik. Yana o`sha eski muammolar: maosh kamligi, moddiy texnik bazaning etarli emasligi...

To`g`ri, yillar davomida madaniyat sohasiga e`tibor pasayib ketgan edi. Lekin hozir buning aksi-ku, san`at va madaniyat sohasini rivojlantirish bo`yicha Prezidentimizning qator farmonu qarorlari chiqarilyapti. Ular tufayli bizning bag`rimizga ham shamol tegadi, san`at va madaniyat  xodimlarini sharoiti yaxshilanadi, endi o`zini o`zi eplab keta oladi va moliyaviy farovonlikka erishadi, deb o`ylagan edik. Ming afsuski, shunday imkoniyatlardan bexabar qolib ketayotgan, farmon va qarorlarga bir bora bo`lsa-da ko`z yugurtirmayotgan, undan foydalana olmayotgan soha vakillari hali ko`p ekan oramizda.

Uyg`oning! Axir sizning manfaatlaringiz yo`lida tinimsiz izlanyapmiz-ku, nega siz hali ham g`aflat uyqusidasiz?! Bugun jamiyatimizga uyg`oq kadrlar kerak, chunki zamon o`zgaryapti, odamlarning dunyoqarashi o`syapti. Yaratgan sizga iste`dod beribdi. Bu sizning san`atingiz! Madaniyat markazlarida ansambllar, guruhlar tashkil qilib, uni rang-barang dasturlar bilan boyitib, chiqmaysizmi, tashkilot va idoralarga, eshikma-eshik yurib, o`z xizmatingiz haqida xabar bermaysizmi?

Bizning xalqimiz haqiqiy san`atni tushunadi, uni qadrlaydi. Lekin siz o`z san`atingizni ko`rsatish yo`llarini topolmayapsiz. Buning uchun bir joyda kutib o`tirish emas, izlanish, zamonaviy bilimlarni egallash, xorij tajribasini kuzatish va o`rganish kerak! San`at va madaniyat targ`iboti endi o`z qo`lingizda, buni doimo yodda tuting! 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar