Polshaning Kelse (Kielce) shahrida boks bo`yicha yoshlar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tdi.
Chempionatda 54 kilogramm vazn toifasida Nigina O`ktamova O`zbekiston sharafini himoya qildi va barcha raqibalarini mag`lub etdi. Hal qiluvchi final jangida ukrainalik Kristina Lakichuk ustidan 4:1 hisobida g`alaba qozondi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.
Nigina O`ktamova Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug`ilgan. Hozirda u Jizzax davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabasi. Shunday qilib Nigina o`zbek bokschi qizlari ichida jahon chempionligiga erishgan ilk sportchiga aylandi.