1

Samarqandda talonchi qo`lga olindi

Jamiyat 29.02.2016, 11:00
Samarqandda talonchi qo`lga olindi

Samarqand viloyati Payariq tumani ichki ishlar bo`limiga 38 yoshli ayol murojaat qildi.

Murojaatga ko`ra, noma`lum ayol Yangi qurilish ko`chasida uning 2-sinfda o`qiydigan qizining qulog`idan sariq metalldan yasalgan ziraklarini echib olib, voqea joyidan yashiringan.

Tuman ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilikni 36 yoshli ayol sodir etgani to`liq fosh etildi va u qo`lga olindi.

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1