Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keldi.
Ma`lum bo`lishicha, bugun u o`zbekistonlik hamkasbi Bahodir Qurbonov bilan muzokara o`tkazadi. Uchrashuv Buxoroda bo`lib o`tadi.
Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, Rossiya Federasiyasi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, bugun Sergey Shoygu Tojikistonga tashrif buyurdi. U erda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon qabulida bo`ldi. Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik va KXShT mudofaa vazirlari kengashi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Sergey Shoygu KXShT davlatlari mudofaa vazirlari kengashining yig`ilishida qatnashdi va Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan ikki tomonlama muzokaralar o`tkazdi.






