Bugun, 29 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkmanistonga amaliy tashrifi bo`lib o`tadi.
Tashrif dasturida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama uchrashuv o`tkazilishi ko`zda tutilgan.
Muzokaralar kun tartibidan O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko`p qirrali hamkorlik va mintaqaviy sheriklikni kengaytirish masalalari o`rin olgan.
Davlat rahbarlari Turkmaniston etakchisining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag`ishlangan tadbirlarda ishtirok etadilar.






