AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Prezidenti bilan telefonlashdi

'Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Prezidenti bilan telefonlashdi'ning rasmi

O`zbekiston va Qirg`iziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar.

O`z vaqtida ko`rilgan va o`zaro muvofiqlashgan sa`y-harakatlar tufayli Qirg`iziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga erishilgani va uning keskinlashishiga yo`l qo`yilmagani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.  

Davlat rahbarlari mintaqada mavjud barcha masalalarni konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqot orqali hal qilish borasida qat`iy ekanliklarini yana bir bor ta`kidladilar.

    Boshqa yangiliklar