AsosiySUG'DIYONA

"Yandeks" 8 martda ayollar qanday sovg`a olishni istashini ma`lum qildi

"Yandeks.Dengi" to`lov xizmati Xalqaro xotin qizlar kuniga barcha ayollarga manzur bo`ladigan sovg`alarni sanab o`tdi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.

Ikki ming nafar internet foydalanuvchilari o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma natijalariga ko`ra, aksariyat ayollar 8 mart kuni pul sovg`a qilishlari tarafdori ekan. Bu haqda 76 foiz respondentlar ma`lum qilgan. So`rovnoma ishtirokchilarining yarmidan ko`prog`i ya`ni 60 foizi esa ularga bir yildan bir necha marta pul sovg`a qilishlarini tan olgan. 

Shuningdek, "Yandeks.Dengi" internet do`konlarda bayram oldi eng ko`p buyurtma qilingan sovg`alarni ham tahlil qildi. Ma`lum bo`lishicha, 8 martda eng ko`p sovg`a qilinadigan tuhfalar orasida kitob ham etakchilik qilar ekan.

“Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida kitob do`konlaridagi savdo ikki martaga ko`paygan. Xuddi shuningdek, gul va shirinliklar do`konlarida ham ayni holat qayd etilgan. Gul do`konlarida bayram kuni savdo 3-5 martaga ortgan, shirinliklar esa o`sha kuni 1,6 martaga ko`proq sotilgan”,– deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar