AsosiyIqtisodiyot

Farg`ona neftni qayta ishlash zavodida AI-95 markali benzin ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi

'Farg`ona neftni qayta ishlash zavodida AI-95 markali benzin ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi'ning rasmi

“Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” tomonidan joriy yilning 19 may kunidan boshlab yangi mahsulot – AI-95 markali avtomobil yoqilg`isining ilk partiyasi birja savdosiga qo`yildi. Bu haqda Energetika vazirligi zavod Matbuot xizmatiga  ma`lum qildi.

Ushbu mahsulot “Farg`ona NQIZ” MChJ tomonidan so`nggi paytlarda zavodda yo`lga qo`yilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida o`zlashtirildi. So`nggi ikki oy ichida “FNQIZ”da “EVRO-4” standartidagi dizel yoqilg`isi va B-92 markali yuqori oktanli aviasiya benzini ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. 

Zavodda ilgari ishlab chiqarilayotgan AI-95 markali yuqori oktanli avtomobil yoqilg`isiga keladigan bo`lsak, “FNQIZ” mutaxassislari uning yangi formulasida faqatgina gidrokatalitik jarayonlarning tarkibida oltingugurt miqdori kam bo`lgan sifatli birikmalardan foydalangan bo`lib, ular ish rejimi va atrof-muhit haroratidan qat`iy nazar dvigatellarning normal ishlashini ta`minlaydi.  

O`zbekiston Respublikasi Tovar-xom-ashyo birjasi orqali savdoga qo`yilgan AI-95 benzini xossalari yanada yaxshilangan va chiqindi gazi bilan zaharlanish darajasi past bo`lgan oliy navli benzin sirasiga kiradi.   

Yangi ishlanmalar ustida ishlash va “Farg`ona NQIZ”ni modernizasiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar