"Poytaxt bank” AJ va “O`zagroeksportbank” ATB ustav kapitallaridagi davlat aksiya paketlari sotilayotgani e`lon qilindi. Bu haqda Davaktiv agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ikkala bankning ham 100 foiz davlat aksiya paketlari narxlarini maksimal qiymatda, shu bilan birga kelgusida bankning moliyaviy holati barqarorligini oshirish va rivojlantirish shartlari bilan ommaviy savdolar orqali sotish rejasi e`lon qilinmoqda.






