AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonga aprel oyida 65 ta elektromobil olib kelindi

'O`zbekistonga aprel oyida 65 ta elektromobil olib kelindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida O`zbekistonga xorijdan 156 ta elektromobil import qilingan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 138 taga ko`p.

2021 yilning aprel oyida 65 ta elektromobil import qilingan.    

2021 yilning yanvar-aprel oylarida O`zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

  •  Xitoy – 119 ta
  •  Turkiya – 24 ta
  •  Koreya – 4 ta
  • AQSh – 4 ta
  •  Germaniya – 3 ta
  •  Litva – 1 ta  
  •  Ispaniya – 1 ta

 2021 yilning yanvar-aprel oylarida elektromobil import qilgan hududlar:

  • Toshkent shahri – 150 ta
  • Samarqand viloyati – 2 ta
  • Andijon viloyati – 2 ta  
  • Toshkent viloyati – 1 ta  
  • Sirdaryo viloyati – 1 ta

 

 So`nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:

  •  2018 yilda – 13 ta
  •  2019 yilda – 39 ta
  •  2020 yilda – 131 ta

 Ma`lumot o`rnida, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 million AQSh dollari sarflangan.

 

    Boshqa yangiliklar