AsosiyIqtisodiyot

"Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurorti bunyod etiladi

'"Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurorti bunyod etiladi'ning rasmi

O`zbekiston va Fransiyalik tadbirkorlar o`rtasida “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini yaratish loyihasini moliyalashtirish bo`yicha moliyaviy bayonnoma imzolandi. Bu xaqda Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Namangan turizm markazi 14,5 gektar hududda joylashib, quyidagilarni o`z ichiga oladi.

Xususan:

• jami 920 o`rinli 2 ta 5 yulduzli mehmonxona;

• jami 549 kishiga mo`ljallangan ustki nafas yo`llari va diabet kasalliklarini davolovchi sihatgoh;

• jami 1174 o`rinli 78 ta villa mehmonxonasi;

• 9,0 ming kv2 savdo markazi;

• 1,0 ming kv2 restoran va  kafe;

• tog` cho`qqilari va mehmonxonalar hududlarini birlashtiruvchi 1200 kishi/soat qamrovli tog`-dor yo`li liniyalari rejalashtirilgan.

Nanay turizm markazi gul etishtirish, ta`lim muassasalari hamda festivallar o`tkazishga mo`ljallangan gulzorlar, gulchilik muzeyi, botanika bog`i va gulchilik tajriba klasterlari (guldan yog` olish, sovun ishlab chiqarish va turli hunarmandchilik ustaxonalari) joy oladigan kichik sanoat zona sifatida rejalashtirilgan.

Shaharcha markazi va kichik turizm markazlari o`rtasida yaxlit rishta vazifasini bajaruvchi tog` dor yo`li tizimi 2 ta aholi hududini biri biriga bog`lab turadi. Shaharchaning eng xushmanzara joylarini kuzatish mumkin bo`lgan cho`qqida tomosha ayvoni barpo etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar