O`zbekiston bilan chegarada joylashgan ikkita qishloq rasmiy ravishda Turkiston viloyatiga qo`shildi. Bu haqda Sputnik Kazaxstan xabar bermoqda.
Hukumatning tegishli qarorini Bosh vazir Asqar Mamin imzoladi.
Umumiy maydoni 795,62 gektar bo`lgan Bagis va Xiebon aholi punktlari ilgari qo`shni davlat hududiga tegishli edi. Tomonlarning kelishuvi bilan erlar Qozog`istonga o`tkazildi.
Aslida qishloqlar avtonom edi. Ba`zi aholi Qozog`iston fuqaroligiga ega, ba`zilari o`zbekistonlik.
Eslatib o`tamiz, Toshkentda 25-26 mart kunlari O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha hukumatlararo qo`shma komissiyaning navbatdagi yig`ilishida qariyb 8 ming gektar er Qirg`izistonga o`tgan edi.